Daryo

O‘zbekistondagi OTMlarda qancha talaba tahsil olayotgani ochiqlandi

Ushbu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 5,4 barobarga oshgan

1 daqiqa o‘qish3 953 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni 1 mln 432,8 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan solishtirilganda 1 mln 168,5 ming nafarga yoki 5,4 barobarga oshgan.

Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:

  • 2015/2016-o‘quv yili boshiga – 264,3 ming nafar;
  • 2016/2017-o‘quv yili boshiga – 268,3 ming nafar;
  • 2017/2018-o‘quv yili boshiga – 297,7 ming nafar;
  • 2018/2019-o‘quv yili boshiga – 360,2 ming nafar;
  • 2019/2020-o‘quv yili boshiga – 441 ming nafar;
  • 2020/2021-o‘quv yili boshiga – 571,5 ming nafar;
  • 2021/2022-o‘quv yili boshiga – 808,4 ming nafar;
  • 2022/2023-o‘quv yili boshiga – 1 mln 042,1 ming nafar;
  • 2023/2024-o‘quv yili boshiga – 1 mln 314,5 ming nafar;
  • 2024/2025-o‘quv yili boshiga – 1 mln 432,8 ming nafar.

O‘zbekistonda jami talabalarning 782 mingini xotin-qizlar tashkil qilishi haqida xabar berilgandi. 

O‘zbekistonda endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar