Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuv 23-may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
Unda Qarshining “Nasaf”i o‘z uyida Olmaliqning “OKMK” klubini qabul qildi. Uchrashuvda hisob mezbonlar tomonidan ochildi. 16-daqiqada Husayn Norchayev gol krdi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Nodirbek Abdurazzoqov hisobni tenglashtirdi. 78-daqiqaga kelib Dragan Cheran gol urdi va qarshiliklar g‘alabasini taʼminladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng qarshiliklar 25 ochko bilan 1-o‘ringa chiqib oldi. Olmaliqlikar esa 23 ochko bilan 2-pog‘onadan joy olgan.
Superliga
11-tur
23-may, juma
“Nasaf” — “OKMK” 2:1
Gollar: 1:0 – 16, Husayn Norchayev, 1:1 – 52, Nodirbek Abdurazzoqov, 2:1 – 78, Dragan Cheran.








