Daryo

Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi

1 daqiqa o‘qish4 677 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

So‘nggi 20 yil ichida birinchi O‘zbekiston-Sloveniya sammiti ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif doirasida Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar, bosh vaziri Robert Golob va Milliy assambleyasi raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan sermazmun muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar siyosat, iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, ekologiya, madaniyat, turizm va taʼlim sohalarini qamrab olgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qo‘shma bayonot, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlab qo‘ygan hukumatlararo va idoralararo bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif yakunida davlat rahbarlari va ikki mamlakatning 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Sloveniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Lyublyana xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni ichki ishlar vaziri Boshtyan Poklukar va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar