Daryo

Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga borishi mumkin

Portugaliyalik futbolchiga musobaqa ishtirokchisi bo‘lgan klubdan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda

1 daqiqa o‘qish49 695 ko‘rishlar0 izoh0

40 yoshli portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu yozgi transfer oynasida “An-Nassr” klubidan ketishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Marokashning “Vidad” jamoasi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Klub rahbariyati mazkur transferni iyun oyi AQShda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga qadar yakunlashni rejalashtirgan. 

Marokash jamoasi 2021/22-yilgi mavsum Afrika Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan va shu sabab yangi formatdagi Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan. Ular “Manchester Siti”, “Yuventus” va “Al-Ain” bilan birgalikda G guruhidan joy olgan. 

Ma’lumot uchun, 2024/25-yilgi mavsumda Ronaldu “An-Nassr” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning riyodliklar bilan shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi.

Avvalroq OAVda futbolchiga turli qit’alardan beshta jamoa, xususan, “Chelsi”, “Beshiktosh”, “Los-Anjeles”, “Al-Ahli” va “Sporting” jamoalari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar