Daryo

“Chelsi” yetakchisi faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin

Londonliklar futbolchi uchun 120 mln yevro talab qilmoqda

1 daqiqa o‘qish5 444 ko‘rishlar0 izoh0

Londondagi “Chelsi” klubi hamda Argentina terma jamoasi a’zosi Enso Fernandesh faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Gustavo Mendеshga tayanib Euro-Football xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Fernandeshning xizmatlariga Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hatto tomonlar o‘zaro muzokaralar olib borib, kelishuvga erishgani aytilmoqda. Biroq hozircha hech qanday rasmiy hujjat imzolanmagan. U jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Luka Modrichga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda.

“Chelsi” Fernandeshni qo‘yib yuborishga tayyor, biroq “aristokratlar futbolchi uchun 120 million yevro talab qilmoqda. Ular bu orqali 2023-yil “Benfika”ga to‘lagan summani qaytarib olishni istamoqdа. Ensoning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2032-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning qiymatini 75 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Fernandesh joriy mavsum Angliya Premyer Ligasi doirasidagi 35 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar