Daryo

Superliga. “OKMK” o‘z uyida “Neftchi” bilan durang o‘ynadi

Ushbu durang bilan olmaliqliklar 23 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi

1 daqiqa o‘qish3 943 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan uchrashuv 19-may, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Neftchi” klubi matbuot xizmati

Turning so‘nggi bahsida Olmaliqda “OKMK” jamoasi Farg‘onaning “Neftchi”sini qabul qildi. Uchrashuvning 22-daqiqasida hisob ochildi. Asadbek Sobirjonov gol urdi. 

Ikkinchi bo‘limda esa ikki daqiqa farg‘onaliklar aʼzosi Abror Ismoilov ajoyib gollarni urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng olmaliqliklar oldinga intildi. 82-daqiqada esa Islom To‘xtaxo‘jayev hisobni tenglashtirdi.

Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. Ushbu durang bilan olmaliqliklar 23 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. Farg‘onaliklar esa 16 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olgan.

Superliga

10-tur

19-may, dushanba

“OKMK” — “Neftchi” 2:2

Gollar: 1:0 – 22, Asadbek Sobirjonov, 1:1 – 64, Abror Ismoilov, 2:1 – 66, Abror Ismoilov, 2:2 – 82, Islom To‘xtaxo‘jayev.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar