Daryo

Superliga. “Neftchi” mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirdi, “Paxtakor” o‘z maydonida “OKMK”dan ustun keldi

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

1 daqiqa o‘qish4 266 ko‘rishlar0 izoh3

O‘zbekiston Superligasining 5-turidan o‘rin olgan navbatdagi ikkita uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Turning ushbu bahslarida “Paxtakor” o‘z maydonida “OKMK”ni, peshqadam “Neftchi” esa safarda “Qizilqum” ustidan g‘alaba qozonib, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.

“Paxtakor” — “OKMK”

Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o‘tgan o‘yinda Kamoliddin Tojiyev boshqaruvidagi “sherlar” Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “OKMK”ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning ustunligi ostida o‘tdi.

Uchrashuvdagi hisob 21-daqiqada “Paxtakor” yarim himoyachisi Flamarion tomonidan ochildi. 45+1-daqiqada Doston Hamdamov farqni ikkitaga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida Aziz Xolmurodov hisobni qisqartirdi. Biroq 62-daqiqada Muhammadqodir Hamraliyev “sherlar”ning 3-golini urib, yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alaba evaziga “Paxtakor” ochkolari sonini 12 taga yetkazib oldi va turnir jadvalining 2-pog‘onasini egallab turibdi. “OKMK” esa 5-turdan so‘ng 4 ochko bilan 14-o‘rinni band etgan.

O‘zbekiston Superligasi, 5-tur

“Paxtakor” — “OKMK” 3:1

Gollar: 1:0 — Flamarion (21), 2:0 — Hamdamov (45+1), 2:1 — Xolmurodov (46), 3:1 — Hamraliyev (62).

“Qizilqum” — “Neftchi”

Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida kechgan bahsda “Qizilqum” Superliganing amaldagi chempioni “Neftchi” jamoasini qabul qildi.

O‘yin mezbonlarning hujumlari bilan boshlandi. Biroq hisob 18-daqiqada Farg‘ona jamoasi hujumchisi Zoran Marushich tomonidan ochildi. 42-daqiqada Alisher Odilov jamoasining ikkinchi golini urdi.

Ikkinchi bo‘limda mehmonlar o‘yindagi ustunlikni mustahkamladi va 51-daqiqada Marushich dubl qayd etdi. 59-daqiqada Ikrom Aliboyev penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining 4-golini kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Neftchi” turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Islombek Ismoilov boshqaruvidagi farg‘onaliklar o‘tkazilgan 5 ta o‘yinning barchasida g‘alabaga erishgan yagona jamoa bo‘lib turibdi. “Qizilqum” esa 6 ochko bilan 11-pog‘onani band etgan.

O‘zbekiston Superligasi, 5-tur

“Qizilqum” — “Neftchi” 0:4

Gollar: 0:1 — Marushich (18), 0:2 — Odilov (42), 0:3 — Marushich (51), 0:4 — Aliboyev (pen, 59).

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar