Daryo

“Real Madrid” navbatdagi transferni yakunlash arafasida turibdi

22 yoshli futbolchining transferi 40–50 mln yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda

1 daqiqa o‘qish47 207 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyalik chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras “Benfika”dan “Real Madrid” safiga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.

Foto: Yahoo

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transferi 40–50 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Boisi, “Benfika” futbolchi uchun 40 million yevro miqdorida minimal narx belgilagan.

Qizig‘i shundaki, o‘tgan mavsum avvalida “Manchester Yunayted” Karrerasni Lissabon klubiga sotib yuborgandi. Mankunianliklar uni qaytarib olish huquqiga ega edi, ammo ular “Real”dan bo‘layotgan taklifdan so‘ng fikrini o‘zgartirdi. Shuningdek, “qizil iblislar” va “Benfika” o‘rtasida tuzilgan shartnomada keyingi transferdan ma’lum miqdorda summa ingliz klubiga ajratilishi borasida band kiritgan. Shu bois manchesterliklar Karrares transferidan 18 million yevro daromad qilishi mumkin.

Foto: Wkontakte

Eslatib o‘tamiz, Alvaro Karreras faoliyatining dastlabki yillarida “Real Madrid” akademiyasida to‘p surgan. Keyinchalik “Manchester Yunayted” safiga erkin agent bo‘lib qo‘shilgan edi.

O‘tgan mavsum Alvaro Portugaliya chempionati doirasidagi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 golli uzatma muallifiga aylangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar