Daryo

O‘zbekistonda odam savdosi uchun jazo kuchaytirildi

Jinoyatni jabrlanuvchining pasportini olib qo‘ygan holda sodir etganlar endi 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi

1 daqiqa o‘qish4 318 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda odam savdosi jinoyati uchun jazo choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan qonun 19-may kuni prezident tomonidan imzolandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qonun bilan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (odam savdosi)ga odam savdosi bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Unga ko‘ra, odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek, jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda sodir etganlik 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi. Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Shuningdek, ushbu jinoyat jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutildi. Ilgari mazkur jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotgani munosabati bilan Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun 2024-yil 17-sentyabrda Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senat tomonidan 2024-yil 21-dekabrda  ma’qullangandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yilda odam savdosi jinoyatini sodir etgan 219 nafar shaxsga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlangan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar