Daryo

Tramp Kamala Harrisga qarshi tergov boshlashni talab qildi 

U Harrisni qo‘llab-quvvatlagan mashhurlarni “vatanparvar bo‘lmagan san’atkorlar” deb atab, ularni “buzilgan Amerika tizimidan foyda olishga urinish”da ayblagan

1 daqiqa o‘qish5 164 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp sobiq vitse-prezident va Demokratik partiyadan prezidentlik lavozimiga nomzod Kamala Harrisga qarshi tergov boshlashni talab qildi. U Harris shtabini mashhurlarga “noqonuniy to‘lovlar” qilishda aybladi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images
“Harris Bryus Springstinga 2024-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasidagi yomon chiqishi uchun qancha pul to‘ladi? Agar u Kamalaning muxlisi bo‘lsa, nima uchun bu pullarni oldi? Beyonsega-chi? Opra va Bonoga qancha pul berildi? Men bu ishni jiddiy tekshirishni talab qilaman. BU QONUNGA ZID!”, deya yozdi Oq uy rahbari.

Trampning ta’kidlashicha, AQSH qonuni davlat lavozimlariga nomzodlarga o‘z qo‘llab-quvvatlovlari uchun pul to‘lashni taqiqlaydi. Harris esa buni “juda qimmat va umidsiz usul bilan o‘zining oz sonli auditoriyasini sun’iy ravishda ko‘paytirish” uchun qilgan.

Shuningdek, u Harrisni qo‘llab-quvvatlagan mashhurlarni “vatanparvar bo‘lmagan san’atkorlar” deb atab, ularni “buzilgan Amerika tizimidan foyda olishga urinish”da ayblagan.

7-noyabr kuni Nyu York universiteti professori Lourens Maslon bir qator nufuzli mashhurlarning qo‘llab-quvvatlashi Harrisni AQSH prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatdan saqlab qola olmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oddiy amerikaliklar yulduzlar benzin yoki tuxum narxi haqida qayg‘urmasliklari mumkinligini tushunishadi, shuning uchun ularning siyosiy bayonotlari unchalik ahamiyatli emas.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar