Daryo

“Kamala Harris Rossiya va Xitoy bilan muzokara olib borishga qodir emas” — Tramp 

“IQ darajasi nihoyatda past bo‘lgan, zaif va qobiliyatsiz odamga ulkan vakolat berishdan ko‘ra xavfliroq narsa yo‘q”, dedi Tramp

1 daqiqa o‘qish10 220 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris saylovda g‘alaba qozonsa, Rossiya yoki Xitoy bilan muzokara olib bora olmasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Harris buning uchun yetarli salohiyatga ega emas.

“Kamala Harris Rossiya yoki Xitoy bilan yadro urushi haqida gaplashishiga ishonasizmi? Yo‘q, albatta! Bizni iqtisodiy inqirozdan olib chiqishga ishonasizmi? Yo‘q! IQ darajasi nihoyatda past bo‘lgan, juda zaif va qobiliyatsiz odamga ulkan vakolat berishdan ko‘ra xavfliroq narsa yo‘q”, dedi Tramp Viskonsin shtatidagi saylovchilar oldida qilgan nutqida.

Foto: Reuters

Bundan avval Donald Tramp Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga qodir ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Sentyabr oyida u Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyni yaxshi bilishini va ularni “kelishtirishi” mumkinligini aytgandi.

5-noyabr kuni AQSHda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Donald Tramp Respublikachilar partiyasidan, Kamala Harris esa Demokratik partiyadan nomzod sifatida ro‘yxatga olingan. Turli idoralar va ommaviy axborot vositalarining saylovoldi so‘rovlari nomzodlar uchun berilgan ovozlar soni bo‘yicha minimal farqlarni ko‘rsatmoqda. 24-oktyabr kuni The Wall Street Journal o‘tkazgan so‘rovda Tramp 47 foiz, Harris esa 45 foiz ovoz olgan.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar