Daryo

Bukmekerlar Trampning saylovdagi imkoniyatlarini 61 foizga baholamoqda

Oq uy sobiq rahbarining g‘alabasiga tikilgan pullar miqdori qariyb 1,3 mlrd dollarni, amaldagi vitse-prezident Kamala Harrisniki esa 808 mln dollarni tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish9 012 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampning prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish ehtimoli 61 foizni tashkil etadi. Buni Polymarket bukmekerlik agentligi ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, Trampning prezidentlik uchun kurashdagi raqibi Kamala Harrisning imkoniyatlari 39 foizga baholanmoqda. Oq uy sobiq rahbarining g‘alabasiga tikilgan pullar miqdori qariyb 1,3 milliard dollarni, amaldagi vitse-prezidentniki esa 808 million dollarni tashkil etadi.

Foto: AFP

5-noyabr kuni AQSHda navbatdagi umumiy saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ular prezidentni, Senatning uchdan bir qismini va AQSH Kongressining butun Vakillar palatasini, shuningdek, 11 shtat va 2 hudud gubernatorlarini saylaydilar. Respublikachi nomzod Donald Tramp va AQSHning hukmron Demokratik partiyasi vakili Kamala Harris davlat rahbari lavozimiga da’vogarlik qilmoqda.

Tramp 2017-2021-yillarda AQSHning 45-prezidenti sifatida bu lavozimda faoliyat yuritgan. U 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat Jo Baydenga yutqazdi va endi Oq uyga qaytishga harakat qilmoqda. Kamala Harris 2021-yilning yanvaridan beri AQSH vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar