Daryo

Ronaldu yaqin kunlarda kelajagi borasida qaror qabul qiladi — Nikolo Skira

Futbolchi faoliyatini davom ettirish uchun takliflarni o‘rganib chiqmoqda

1 daqiqa o‘qish12 442 ko‘rishlar0 izoh0

“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hali futbol bilan xayrlashmoqchi emas. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

40 yoshli portugaliyalik yulduzning Saudiya Arabistonidagi klub bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi. Shunga qaramay, u yana kamida ikki mavsum davomida o‘ynashni rejalashtirgan. Ayni damda Ronalduga bir nechta takliflar tushgan va u yaqin kunlarda o‘z kelajagi haqida qaror qabul qiladi.

Joriy mavsumda Ronaldu “An-Nassr” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Shunga qaramay, bir qator nashrlar xabariga ko‘ra, klub rahbariyati va futbolchining o‘zi shartnomani uzaytirish masalasida bir to‘xtamga kela olmayapti. Bunga sabab sifatida riyodliklarning Osiyo Chempionalar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olmagani ko‘rsatilmoqda.

Avvalroq Ronalduga “Chelsi”, “Al-Ahli”, “Beshiktosh”, “Los-Anjeles” hamda “Sporting” klublaridan taklif borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar