Daryo

IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

Ro‘yxatdan Messi, Ronaldu, Pele va Maradona kabi futbolchilar joy olgan

1 daqiqa o‘qish79 244 ko‘rishlar0 izoh4

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan e’lon qilingan reytingga ko‘ra, Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi sifatida tan olindi.

Foto: Dzen

Ikkinchi o‘rinda Braziliyalik afsona Pele qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Diego Maradona yakun yasadi. Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu mazkur ro‘yxatning 4-pog‘onasidan joy oldi.

 IFFHS talqiniga ko‘ra, barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchilari ro‘yxatini:
 1. Lionel Messi (Argentina)
 2. Pele (Braziliya)
 3. Diego Maradona (Argentina)
 4. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
 5. Yoxan Kroyff (Niderlandiya)
 6. Ronaldo (Braziliya)
 7. Zinedin Zidan (Fransiya)
 8. Frans Bekkebauer (Germaniya)
 9. Alfredo Di Stefano (Argentina/Ispaniya)
 10. Ronaldinyo (Braziliya)

Lionel Messi futbol tarixidagi eng ko‘p “Oltin to‘p” sovrindori hisoblanadi — u bu mukofotni 8 marta qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Messi 4 bor UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan va 2022 yilda Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar