Daryo

Messi IFFHS tomonidan 2026-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi

FIFA talqiniga koʻra, Ispaniya yarim himoyachisi Rodri turnirning eng yaxshi oʻyinchisi bo‘lgandi

1 daqiqa o‘qish3 972 ko‘rishlar0 izoh2

Argentinalik hujumchi Lionel Messi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan 2026-yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

Mukofot IFFHSning oʻyin reytinglari, gollar, golli uzatmalar va pley-offga taʼsirini oʻz ichiga olgan indeksiga asoslangan holda taqdim etiladi.

Turnirdagi sakkizta oʻyinda 39 yoshli futbolchi sakkizta gol urdi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi — bu 2026-yilgi Jahon chempionatida ikkinchi eng yuqori koʻrsatkich.

FIFA talqiniga koʻra, Ispaniya yarim himoyachisi Rodri turnirning eng yaxshi oʻyinchisi uchun “Oltin toʻp”, Messi “Kumush toʻp” va Fransiya hujumchisi Kilian Mbappe “Bronza toʻp”ni qoʻlga kiritdi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar