Daryo

Ronaldu dunyodagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini ma’lum qildi

“Odamlarga Messi, Pele yoki Maradona yoqishi mumkin va men buni hurmat qilaman”, deydi portugaliyalik futbolchi

1 daqiqa o‘qish112 660 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega o‘zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb bilishini va nima uchun argentinalik futbolchilar Lionel Messi va Diego Maradona undan keyin tilga olinishi kerak ekanini tushuntirdi.

Foto: Getty Images
“Odamlarga Messi, Pele yoki Maradona yoqishi mumkin, va men buni hurmat qilaman, lekin men ulardan ko‘ra mukammalroq futbolchiman. Men tarixdagi eng yaxshi o‘yinchiman. Men o‘zimdan yaxshisini ko‘rmaganman… Men bosh bilan yaxshi zarba yo‘llayman, jarima zarbalarini yaxshi bajara olaman, tez harakat qilaman, jismonan kuchliman va baland sakray olaman”, dedi Ronaldu La Sexta nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Ronaldu besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan. Bundan tahqari, u besh marta “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritgan. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan 2016-yilda Yevropa chempioni va 2019-yilda UEFA Millatlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Osiyo Chempionlar Ligasi 7-tur doirasida Saudiya Arabistonida “An-Nassr” va “Al-Vasl” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.  

Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etib, faoliyatidagi gollari sonini 923 taga yetkazdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “An-Nassr” 16 ochko bilan 3-o‘rinda, “Al-Vasl” esa 11 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar