Daryo

Daniyaga AQSHdan yana to‘rtta F-35 qiruvchi samolyoti yetib keldi 

Natijada Daniya qurolli kuchlari o‘zining F-35 qiruvchi samolyotlar sonini 15 taga yetkazdi

1 daqiqa o‘qish5 322 ko‘rishlar0 izoh0

Daniya qurolli kuchlari AQSHdan to‘rtta yangi F-35 qiruvchi samolyotini qabul qilib oldi va o‘zining samolyotlar sonini 15 taga yetkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi saytida ma’lum qilindi.

Foto: Daniya Mudofaa vazirligi

2023-yil iyun oyida Daniya radiosi Mudofaa vazirligiga tayanib, mamlakat Harbiy-havo kuchlari F-16 qiruvchi samolyotlari parkini F-35 bilan rejalashtirilganidan ikki yil oldin (2027-yil o‘rniga 2025-yilda) almashtirishi, bu esa F-16 samolyotlarini Ukrainaga topshirishni tezlashtirishini xabar qilgan edi.

“Kecha to‘rtta yangi F-35 samolyoti rejalashtirilganidek Skrudstrup aerodromiga qo‘ndi”, deyiladi vazirlik saytidagi matbuot xabarida.
Foto: Daniya Mudofaa vazirligi

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kopengagen AQSHdan jami 27 ta F-35 qiruvchi samolyotiga buyurtma bergan, ulardan 15 tasi allaqachon Daniyaga olib kelingan, yana oltitasi AQSHda qolmoqda. Qolgan oltita qiruvchi samolyot esa 2026-yil oxirigacha yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yilning noyabr oyida Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyoti topshirgani ma`lum qilingandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar