Daryo

Goal. “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi (top-20)

Chempionlar Ligasi yarim finali yakunlangach, kuchli uchlikda katta o‘zgarish bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish110 205 ko‘rishlar0 izoh10

Goal nashri 2025-yilgi “Oltin to‘p” uchun da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi. Chempionlar Ligasi yarim final bahslari yakunlangach, kuchli beshlikda biroz o‘zgarish ro‘y berdi.

Kollaj: “Daryo”

Ro‘yxatda Usmon Dembele yetakchilik qilmoqda. “PSJ” futbolchisi avvalgi ro‘yxatda 5-o‘rinda qayd etilgan edi. YCHLda finalga chiqish, shuningdek Fransiyadagi omadli mavsum fonida Usmon sovrin uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Ikkinchi pog‘onadan Lamin Yamal joy olgan. 17 yoshli futbolchi ajoyib mavsum o‘tkazmoqda. Ba’zi manbalarga ko‘ra, u joriy mavsumdagi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish ehtimoli yuqori. Kuchli uchlikka braziliyalik futbolchi Rafinya yakun yasagan. Oldingi reytingda u yetakchi edi, Lekin “Barselona” YCHLni tark etgach, Rafinyaning imkoniyati pasayib ketdi.

Goal’ning talqini bo‘yicha “Oltin to‘p” 2025 sovriniga da’vogarlar ro‘yxati (Top-20):
 1. Usmon Dembele – “Pari Sen-Jermen” (Fransiya) – Hujumchi
 2. Lamin Yamal – “Barselona” (Ispaniya) – Hujumchi
 3. Rafinya – “Barselona” (Braziliya) – Hujumchi
 4. Lautaro Martines – “Inter” (Argentina) – Hujumchi
 5. Muhammad Saloh – “Liverpul” (Misr) – Hujumchi
 6. Kilian Mbappe – “Real Madrid” (Fransiya) – Hujumchi
 7. Pedri – “Barselona” (Ispaniya) – Yarim himoyachi
 8. Janluiji Donnarumma – “Pari Sen-Jermen” (Italiya) – Darvozabon
 9. Harri Keyn – “Bavariya” (Angliya) – Hujumchi
 10. Robert Levandovski – “Barselona” (Polsha) – Hujumchi
 11. Vinisius Junior – “Real Madrid” (Braziliya) – Hujumchi
 12. Vitinya – “Pari Sen-Jermen” (Portugaliya) – Yarim himoyachi
 13. Alessandro Bastoni – “Inter” (Italiya) – Himoyachi
 14. Nikolo Barella – “Inter” (Italiya) – Yarim himoyachi
 15. Markus Tyuram – “Inter” (Fransiya) – Hujumchi
 16. Bukayo Saka – “Arsenal” (Angliya) – Hujumchi
 17. Deklan Rays – “Arsenal” (Angliya) – Yarim himoyachi
 18. Jud Bellingem – “Real Madrid” (Angliya) – Yarim himoyachi
 19. Jamal Musiala – “Bavariya” (Germaniya) – Yarim himoyachi
 20. Virjil van Deyk – “Liverpul” (Niderlandiya) – Himoyachi

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar