Daryo

“Bugun, ertaga va juma kuni Ukraina bo‘yicha yaxshi yangiliklar kutilmoqda” — Tramp

AQSH rahbari Vladimir Putin bilan Istanbulda uchrashish ehtimolini inkor etmagan

1 daqiqa o‘qish19 712 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin kunlarda Ukrainadagi mojaroni hal etish masalasida yaxshi yangiliklar kutilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Qatar amiri bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Foto: Reuters
“Menimcha, bugun, ertaga ehtimol, juma kuni Ukraina bo‘yicha ancha ijobiy xabarlar olishimiz mumkin. Ammo ko‘ramiz”, dedi Oq uy rahbari Dohada Qatar amiri bilan uchrashuvda.

Shuningdek, u Qatarga AQSHning diplomatik sa’y-harakatlarini, xususan Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

Bundan tashqari Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Istanbulda uchrashish ehtimolini inkor etmagan. Amerika rahbari, agar bu mojaro yakunini tezlashtirsa va “insonlar hayotini saqlab qolishga” yordam bersa, Turkiyaga tashrif buyurishini yana bir bor ta’kidlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni Istanbulda Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlashni taklif qilgandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mazkur muzokaralarda Putinni shaxsan kutishini aytdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan Istanbulga tashrif buyurish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. 

AQSHning Ukrainadagi maxsus vakili Kit Kellog agar Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-may kuni Turkiyaga Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uchrashuvga kelsa AQSH prezidenti Donald Tramp ham Istanbulga borishi mumkinligini bildirdi.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Rossiya bosh konsulligi va Turkiya hukumati ehtimoliy Rossiya—Ukraina muzokaralari o‘tkaziladigan joyni tashkil etish ustida ishlamoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar