Daryo

Qatar elchixonasi Trampga “uchar saroy” sovg‘a qilinishiga munosabat bildirdi

Qiymati 400 mln dollarlik samolyot AQSH prezidenti uchun qimmat hadyaga aylanishi kutilayotgandi

2 daqiqa o‘qish5 628 ko‘rishlar0 izoh0

Qatar AQSH prezidenti Donald Trampga 400 million dollarlik Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a qilishi haqda xabar tarqalgandi. Qo‘shma Shtatlardagi Qatar diplomatik vakolatxonasi mazkur ma’lumotga munosabat bildirdi. Bu haqda Politico xabar berdi.

Foto: Getty Images

Vakolatxonaning matbuot attashesi Ali Al-Ansoriy AQSH prezidentiga bunday hadya berilishi haqidagi ma’lumotlarni “noaniq” deb atadi.

Samolyotni Birinchi raqamli bort sifatida vaqtinchalik foydalanish uchun topshirish masalasi hozirda Qatar Mudofaa vazirligi va AQSH Mudofaa vazirligi o‘rtasida ko‘rib chiqilmoqda, biroq bu masala tegishli yuridik departamentlar tomonidan o‘rganilmoqda va hech qanday qaror qabul qilinmagan, deya tushuntirdi diplomat.
Foto: Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti / 2018-yilgi surat / One mile at a time

BBC nashri ta’kidlashicha, Trampning o‘zi Oq uy rahbari sifatidagi birinchi norezidentlik muddatida Qatar bilan ijobiy diplomatik aloqalarga ega bo‘lgan. 2019-yilda mamlakat Amerika samolyotlarini katta miqdorda sotib olishini e’lon qilgandi.

Qatar avval ham xususiy samolyotlarni sovg‘a qilgan. Masalan, hashamatli samolyot 2018-yilda Turkiyaga sovg‘a qilingan. Hadya haqida Tramp kelasi hafta Qatarga borganida e’lon qilinishi kutilmoqda. AQSH prezidenti fevral oyida hashamatli bezaklari tufayli “uchar saroy” deb nom olgan samolyotni Vest-Palm-Bich aeroportida turganida ko‘zdan kechirgan edi.

Foto: Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti /  2018-yilgi surat / One mile at a time

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, samolyotning narxi aloqani himoya qilish uchun qo‘shimcha uskunalarni hisobga olmaganda taxminan 400 million dollarni tashkil etadi.

Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti / One mile at a time
Foto: Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti /  2018-yilgi surat / One mile at a time
Foto: Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti /  2018-yilgi surat / One mile at a time
Foto: Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti /  2018-yilgi surat / One mile at a time
Foto: Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti /  2018-yilgi surat / One mile at a time
Foto: Qatar oilasining Boeing 747-8 samolyoti /  2018-yilgi surat / One mile at a time
 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar