Daryo

AQSHdan ketadigan noqonuniy migrantlarga tekin aviachipta beriladi

Tramp o‘zini deportatsiya qilmaydiganlar AQSH ixtiyoridagi davlatga yuborilishini aytdi

1 daqiqa o‘qish5 694 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatdan ketadigan noqonuniy muhojirlarga 1000 dollardan tashqari bepul aviachipta berilishini ham aytdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social sahifasida yozdi.

Foto: Getty Images

U “o‘z-o‘zi deportatsiya qilish” dasturi ishga tushganini aytdi. Siyosatchi AQSHni ixtiyoriy ravishda tark etishga rozi bo‘lganlar uchun vataniga bepul aviachiptalar berilishini ta’kidladi.

Biz noqonuniy muhojirlarning Amerikadan chiqib ketishini maksimal darajada soddalashtirmoqdamiz. Buning uchun aeroportga kelib, uyga bepul chipta olish kifoya, deb aytgan Tramp.

AQSH prezidenti ariza topshirish uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqilganini aytdi. Bundan tashqari, dastur ishtirokchilariga “safar bonusi” beriladi, uning miqdori oshkor etilmaydi. Biroq AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi to‘lovlar 1000 dollar atrofida bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Prezident ta’kidlashicha, bunday chora federal byudjetga “trillionlab dollar” tejash imkonini beradi. U ishtirok etishdan bosh tortganlar uchun “qattiq oqibatlar” — jarimalar va qamoq jazosidan tortib, “AQSH ixtiyoriga ko‘ra istalgan mamlakatga” to‘satdan deportatsiya qilinishgacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi.

Biz Amerikani tark etishingizni istaymiz. Agar yaxshi inson bo‘lsangiz, kelajakda qaytishingizga yordam berishimiz mumkin, deya xulosa qilgan Tramp.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar