Daryo

Tramp hibsdagi 200 dan ortiq venesuelalikni deportatsiya qiladi

Muhojirlarning 23 nafari immigratsiya xodimlariga tahdid qilgan

1 daqiqa o‘qish3 002 ko‘rishlar0 izoh0

Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati 12-may kuni Oliy suddan Texasda hibsga olingan 200 ga yaqin venesuelalik muhojirlarni deportatsiya qilishni davom ettirishga ruxsat so‘radi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: CNN

2025-yil aprel oyida “Chet ellik dushmanlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq bu muhojirlar deportatsiyasi vaqtincha to‘xtatib turilgan edi.

AQSH xorijiy terrorchilik tashkiloti deb topgan Venesuelaning “Tren de Aragua” (TdA) ko‘cha to‘dasiga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan 176 nafar muhojirning ba’zilari uzoq vaqt hibsda saqlash uchun o‘ta xavfli, dedi Qo‘shma Shtatlar general-solitsioneri Jon Zauer.

Murojaatda ma’lum qilinishicha, hibsga olingan muhojirlarning 23 nafari bir necha soat davomida turar joy binosiga kirib olib, odamlarni garovga olish va immigratsiya va bojxona nazorati xodimlariga zarar yetkazish bilan tahdid qilgan.

Hodisa Texasning Anson shahridagi Bluebonnet hibsxonasida sodir bo‘lgan. Mahbuslar SOS xabari yuborgani aytilmoqda. Barrikadaga aloqador deb taxmin qilinayotganlar Texasdagi boshqa muassasaga ko‘chirilgan.

Bunday mahbuslarni boshqa muassasalarga o‘tkazish Qo‘shma Shtatlar hududida TdA to‘dalari faoliyatining kengayishiga sabab bo‘ladi. Guruhni zudlik bilan mamlakatdan chiqarib yuborish kerak, deb yozgan Zauyer.

2025-yil mart oyida AQSH hukumati Venesuelaning “Tren de Aragua” deb nomlanuvchi jinoiy guruhiga mansub 238 nafar muhojirni Salvadorga deportatsiya qilgandi. Ular u yerdagi mashhur megaqamoqxonaga joylashtirilgan.

Megaqamoqxona o‘zining sharoitlari bilan xalqaro miqyosda mashhur. Mahbuslar qamoqda o‘tirgan holda ishlashga majbur. Ular haddan tashqari gavjum kameralarda yashaydi, raqib to‘da a’zolari oziq-ovqat va suv uchun o‘limgacha kurashadi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar