Daryo

Tramp Erdo‘g‘ondan Ukraina bo‘yicha vositachilik qilishni so‘radi

Ma’lum qilishicha, Turkiya rahbari Trampning taklifini ijobiy qabul qilgan

1 daqiqa o‘qish6 836 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga murojaat qilib, Ukraina masalasida vositachilik qilishni so‘radi. Erdo‘g‘on esa AQSHdan G‘azo sektorida otishmani to‘xtatishda ko‘maklashishni iltimos qildi. Bu haqda “Hürriyet” gazetasi xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘on ham Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan ham muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega. 

“Agar Ukraina Buyuk Britaniya va AQSH bosimi ostida muzokaralar jarayonini tark etmaganida, Turkiya dastlabki uch oy ichida tinchlikka erishgan bo‘lardi”, deya qayd etiladi maqolada.

Gazetaning ma’lum qilishicha, Turkiya rahbari Trampning taklifini ijobiy qabul qilgan.

Mart oyida Erdo‘g‘on AQSH prezidenti bilan telefon orqali suhbatda uning Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi haqida xabar berilgandi. O‘shanda Turkiya prezidenti dunyodagi voqealar Anqara va Vashington o‘rtasida jadal maslahatlashuvlar o‘tkazish zaruriyatini yuzaga keltirganini ta’kidlagandi.

Ikki mamlakat rahbarlari 5-may kuni ham telefon orqali muloqot qilib, Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish, Eron bilan muzokaralar va G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qildi.  

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida suhbatni juda yaxshi va samarali deb baholagan va Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi behuda, ammo halokatli urushni to‘xtatish bo‘yicha Erdo‘g‘on bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutayotganini bildirgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar