Daryo

Abbosbek Fayzullayev yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin

Futbolchining o‘yinlarini Fransiya chempionati va La Liga klublari kuzatib borayotgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish46 127 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvaning “SSKA” klubi hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev yozgi transfer oynasida Rossiya Premyer Ligasini tark etishi mumkin. Bu haqda “Euro-Football.ru” nashri xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchiga Ispaniya klublari tomonidan qiziqish bildirilyapti. Shuningdek, Fransiya jamoalari ham hali-hanuz Fayzullayevning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Avvalroq Abbosbekning “Benfika”ga transferi amalga oshmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, o‘zbekistonlik vingerga Turkiyaning “Galatasaroy” va Germaniyaning “Bavariya” klublaridan taklif bo‘lganligi aytilgan edi. 

Joriy mavsumda Fayzullayev RPL va Rossiya Kubogi doirasida jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Transfermarkt portali o‘zbekistonlik futbolchining qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar