Daryo

Ukraina tomonidan asirga olingan xitoylik nima uchun urushga kelganini aytdi 

U Rossiya armiyasi safiga qo‘shilish uchun salkam 3500 dollar to‘lagan

1 daqiqa o‘qish30 416 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina armiyasi Donetsk viloyatida Rossiya tomonidan jang qilayotgan xitoylik ikki harbiyni asirga olgan edi. Asirdagilardan biri nega Ukrainaga qarshi urushga kirishganini ma’lum qildi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Kollaj: “UNIAN”

Ma’lum bo‘lishicha, xitoylik asirga Rossiya fuqaroligi va’da qilingan. U Xitoydan vositachi orqali sayyoh sifatida jo‘nab ketgan. Rossiya Qurolli kuchlari safiga kirish imkoniyati uchun u 300 ming rubl (salkam 3 500 dollar) to‘lagan. Asir Xitoy fuqarolaridan tuzilgan guruh tarkibida vaqtincha bosib olingan Lugansk viloyatida tayyorgarlikdan o‘tgan.

Xitoyliklar tayyorgarlik paytida tarjimonsiz bo‘lgan, imo-ishoralar va mobil tarjimondan foydalangan. Bundan tashqari, u guruhdagi ba’zi ishtirokchilar Xitoyda qonun bilan bog‘liq muammoga ega bo‘lganini aytgan.

Qo‘lga olingan xitoylikning urushga borishdagi asosiy motivatsiyasi — harbiy bo‘lish va Rossiya fuqaroligini olish istagi bo‘lgan. Oilasi uning Rossiyaga borish niyatidan xabardor bo‘lgan.

Xitoylik askar o‘zga tilni yaxshi bilmasligi tufayli hujum harakatlari paytida vaziyatni yaxshi anglay olmagan, shuning uchun guruh yo‘qotishlarga uchragan va taslim bo‘lishga qaror qilgan. Hozirda qo‘lga olingan shaxs tergov bilan hamkorlik qilmoqda, uning shaxsi va fuqaroligi tasdiqlangan. Xitoy asirga tushgan fuqarolari bo‘yicha tafsilotlarni aniqlashtirish uchun Ukraina bilan aloqada ekanini bildirdi.

Yanvar oyida Ukraina armiyasi Kursk viloyatida shimoliy koreyalik ikki askarni asirga olgandi. Prezident Vladimir Zelenskiy 12-yanvar kuni ular so‘roqqa tutilgani aks etgan videoni e’lon qilgan. So‘roq paytida KXDR askarlari qayerdaligini bilmasligi, ularga bu faqat o‘quv mashg‘uloti deb aytilganini ta’kidlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar