Daryo

Sherzod Asadov O‘zJOKU tomonidan Navro‘zga bag‘ishlangan tadbirda mehmon bo‘ldi

Tadbir doirasida badiiy sahna chiqishlari, madaniy ko‘rgazmalar, musiqiy dasturlar namoyish etildi

1 daqiqa o‘qish6 225 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Navro‘zga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda mehmon bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbir doirasida badiiy sahna chiqishlari, milliy taomlar, madaniy ko‘rgazmalar, musiqiy dasturlar hamda qardosh mamlakatlar va yaqin hamkorlar madaniyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar bilan tanishildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Samimiy va bayramona muhitda ustoz-jurnalistlar, soha faxriylari, universitet jamoasi hamda talabalar bilan suhbatlashildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Bunday tadbirlar tariximiz va boy madaniyatimizga bo‘lgan hurmat, milliy anʼanalarimizni asrab-avaylash ruhini yuksaltirish bilan birga, avlodlar o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlash, tajribali jurnalistlar va sohaga kirib kelayotgan yoshlar uchun muloqot maydoni sifatida ham katta ahamiyatga ega”, deb yozadi Sherzod Asadov.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar