Daryo

Putin 160 ming kishini armiyaga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi 

Rossiya Mudofaa vazirligi armiyaga chaqirilganlar “jangovar zonada bo‘lmasligiga” va’da bermoqda

1 daqiqa o‘qish7 948 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bahorgi muddatli harbiy xizmatga chaqiruv to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilindi.

Foto: “dp.ru”

Yangi qonunchilik normalariga muvofiq, muddatli harbiy xizmatga 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar chaqirilmoqda. Mazkur jarayon apreldan iyungacha davom etadi. Jami 160 ming kishi harbiy xizmatga chaqiriladi.

Rossiya fuqarolariga “Gosuslugi” portalidagi shaxsiy kabinetiga elektron chaqiruv qog‘ozlari yuboriladi. Moskvadan chaqiriluvchilar esa mos.ru portalidan chaqiruv qog‘ozlarini oladi. 

2024-yilda bahorgi chaqiruvda armiyaga 150 ming kishi jalb qilindi, 2023-yilda — 147 ming, 2022-yilda esa 134,5 ming kishi. 2024-yil dekabr oyidan boshlab Rossiya Qurolli Kuchlarining shtatlar soni 2 389 130 kishiga yetdi, ulardan 1,5 millioni harbiy xizmatchilardir.

Mudofaa vazirligiga ko‘ra, armiyaga chaqirilganlar jangovar harakatlar zonasida bo‘lmaydi. Bo‘lajak chaqiruv kampaniyasi Ukrainadagi keng ko‘lamli urush bilan “hech qanday bog‘liqligi yo‘q”. Armiyaga chaqirilganlar Ukrainaning Rossiya tomonidan bosib olingan hududlari — Donetsk, Lugansk, Xerson va Zaporoje viloyatlariga yuborilmasligi aytilmoqda.

2025-yilning fevral oyida Rossiya Davlat Dumasiga muddatli xizmatga chaqirishni kuchaytiruvchi qonun loyihalari kiritilgan edi. Birinchi qonun loyihasi chaqiruv muddatini bir yilga uzaytiradi — bu bahorda berilgan chaqiruv qog‘ozlari kuzgi chaqiruv boshlanishi bilan ham amal qilishda davom etishini anglatadi. Ikkinchi qonun loyihasi chaqiriluvchi yashash joyini o‘zgartirgani haqida xabar bermaganda jarima miqdorini 10 000 – 20 000 rublgacha oshirishni nazarda tutadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar