Daryo

Oston O‘runov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Transferni amalga oshishida bir kishi to‘siq bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish18 844 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi va Eronning “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sport Tazan nashri xabar bermoqda.

Foto: “Persepolis” klubi matbuot xizmati

Manbaga ko‘ra, “Beshiktosh” klubi o‘zbekistonlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va hozirda uning atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Agar Ostonda jarohatlar bilan bog‘liq muammo bo‘lmasa, turk klubi futbolchini qo‘lga kiritish uchun rasmiy taklif yuborishi mumkin.

Biroq, bu transferning oldidagi asosiy to‘siq Tehron klubi bosh murabbiyi Ismoil Kartal bo‘lishi mumkin, chunki “Fenerbahche” sobiq ustozi O‘runovning o‘yin uslubini yuqori baholaydi va uni tarkibda saqlab qolishdan manfaatdor. 

Ma’lumot uchun, yarim himoyachi 21-yanvar kuni Eron chempionati doirasidagi “Zobahan”ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan edi. Uchrashuvdan keyingi tekshiruvda O‘runovning jarohati ancha jiddiyligi va u kamida 5 haftani o‘tkazib yuborishi aytilgandi. Futbolchi jarohatdan tiklana olmadi va O‘zbekiston terma jamoasining mart oyidagi Qirg‘iziston va Eronga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar