Daryo

“Abbosbek Fayzullayevga Yevropaning top-5 ligalaridan qiziqish bor” — manba  

Avvalroq futbolchiga Turkiya klubidan taklif borligi ma’lum bo‘lgandi

1 daqiqa o‘qish64 474 ko‘rishlar0 izoh0

Moskvaning “SSKA” klubi vingeri va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Yevropaning top-5 ligalaridagi jamoalar e’tiboriga tushdi. Bu haqida Euro-football nashri xabar berdi.

Foto: O‘FA

Manbaning yozishicha, 21 yoshli futbolchiga bir nechta kuchli klublar qiziqish bildirmoqda. Hozircha ushbu jamoalarning nomi oshkor qilinmagan. Avvalroq Fayzullayev Germaniyaning “Bavariya” klubiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shuningdek, turk matbuoti “Galatasaroy” ham Abbosbek uchun xaridor bo‘layotgani haqida ma‘lum qildi. Futbolchi Istanbul klubdan bo‘layotgan qiziqishlarga munosabat bildirib, hozir boshqa jamoalar haqida o‘ylamayotgani haqida gapirdi

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Fayzullayev Rossiya Premyer Ligasi hamda Rossiya Kubogi doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 8 million yevro deb baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar