Daryo

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Ramazon hayiti bilan bir-birlarini tabrikladi 

Davlat rahbarlari xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi

1 daqiqa o‘qish4 362 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30-mart kuni telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: prezidenti matbuot xizmati

 

Davlat yetakchilari qardosh xalqlarga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi. Muloqotda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etayotgani qayd etildi. Davlatlar o‘rtasida tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma loyiha va korxonalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘paymoqda.

Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkilotining rejadagi sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.

O‘zbekistonda bo‘lajak Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumini, shuningdek, Turkiya Buyuk millat majlisi delegatsiyasining Parlamentlararo ittifoq Assambleyasining 150-sessiyasida ishtirok etish uchun tashrifini samarali o‘tkazish muhimligi qayd etildi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar