Daryo

Gvardiola Abduqodir Husanov haqida: “U bilan ko‘proq muloqot qilishimiz kerak”

Murabbiy Husanovning “Man Siti” safida hozirga qadar ko‘p o‘ynashini kutmaganini aytdi

1 daqiqa o‘qish23 322 ko‘rishlar0 izoh0

Xosep Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi. Murabbiy Angliya kubogi doirasidagi “Bornmut” — “Manchester Siti” o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan.

Foto: Getty Images

Gvardiola Husanovning “Man Siti” safida hozirga qadar ko‘p o‘ynashini kutmaganini aytdi.

“Ammo vaziyat shunday — himoyada faqat 4 futbolchi bor. Unda o‘ziga xos qobiliyatlar bor. Garchi tilni yaxshi bilmasa ham, maydonda o‘zini ko‘rsatmoqda. U bizga ko‘p yordam berdi.

Mavsum o‘rtasida kelgan futbolchilarga oson emas. Yangi o‘yinchilar, yangi liga... Ammo Abduqodir ham, Vitor Reys ham juda yaxshi. Husanov bilan ko‘proq muloqot qilishimiz kerak. Shu orqali u tilni ham, bizni ham tezroq tushunadi”, – deydi ispaniyalik mutaxassis.

Manchesterlik ustozi futbolchilar o‘z milliy terma jamoalaridan salomat qaytgani xususida ham gapirdi. 

“Baʼzi futbolchilar boshqalarga qaraganda ko‘proq charchagan, lekin umumiy holat yaxshi”, — deydi u. 

Maʼlumot uchun, Angliya kubogi chorak finali doirasidagi “Bornmut” — “Manchester Siti” uchrashuvi 30-mart, yakshanba kuni soat 20:30 da boshlanadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar