Daryo

“Real”ga qarshi to‘liq o‘ynagan Abduqodir Husanov qanday baholandi?

“Shaharliklar” Madriddagi uchrashuvda ham mag‘lub bo‘ldi. O‘zbekistonlik futbolchi uchrashuvda o‘ng qanot himoyasida o‘ynadi

1 daqiqa o‘qish131 509 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi o‘tish bosqichida javob o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Manchesterdan g‘alaba bilan qaytgan “Real” Madridda ham “shaharliklar” klubi darvozasiga 3 ta gol urdi va nimchorak finalga yo‘llanma oldi. Madridliklar safida Mbappe xet-trikka erishdi. Niko qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib hisob 3:1 bo‘lishini ta’minladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov dastlabki daqiqalardan harakat qildi.

Foto: Sofascore

Sofascore nashri futbolchining o‘yinini 6,8 ballga baholadi.  Husanovning uzatmalarining aniqligi 93 % ni tashkil qildi. “Shaharliklar” himoyasida harakat qilgan Stounz uchrashuvda eng yomon ball — 6,3 ballga baholandi. Mehmonlar tarkibida yagona gol muallifi Niko eng yuqori 7,3 ballga loyiq ko‘rildi.

“Qirollik klubi”da xet-trik qayd etgan Mbappe eng yuqori — 9,5 ball oldi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Darvozabon Kurtua va himoyachi Mendi mezbonlar tarkibida eng past — 6,7 ball bilan baholandi.

Ikki o‘yinda ham g‘alaba qozongan “Real” 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi. Gvardiola shogirdlari uchun turnir yakunlandi. Ertaga, 21-fevral kuni musobaqaning keyingi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar