Daryo

“Real” futbolchilari Chempionlar Ligasida “Atletiko”ni mag‘lub etgani uchun qancha pul mukofoti olgani ma’lum  

Madridliklar nimchorak finalda hamshahari ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan edi

1 daqiqa o‘qish16 860 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa futbolchilarini Chempionlar Ligasi chorak finaliga chiqishlari munosabati bilan rag‘batlantirishga qaror qildi. Bu haqida RMC Sport nashriga tayanib, Euro-football xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” YCHLning 1/8 final bosqichida “Atletiko”ni mag‘lub etgani uchun har bir futbolchisiga 250 ming yevrodan mukofot puli to‘lagan.

“Real” nimchorak finalda hamshahari ustidan penaltilar seriyasida (2:1, 0:1, penaltilar seriyasi — 4:2) g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Ushbu bosqichda Karlo Anchelotti shogirdlari Londonning “Arsenal” klubi bilan to‘qnash keladi. Dastlabki o‘yin 8-aprel kuni, javob bahsi esa 16-aprel sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“Real Madrid” amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibi hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda jamoa Dortmundning “Borussiya” klubini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar