Daryo

YCHL. “Real” “Atletiko”dan ustun keldi. “Arsenal” esa “PSV” darvozasiga 7 ta gol kiritdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvi doirasidagi bir nechta bahslar bo‘lib o‘tdi

2 daqiqa o‘qish7 398 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final uchrashuvi doirasidagi bir nechta bahslar bo‘lib o‘tdi. “Real” o‘z maydonida hamshahari “Atletiko”dan ustun kelgan bo‘lsa, “Arsenal” safarda “PSV”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. 

Foto: Champions League

Madridda kechgan bahsda tezkor gol kiritildi. O‘yinning 4-daqiqasida Rodrigo “qirollik klubi”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada esa Xulian Alvares chiroyli gol bilan muvozanatni tiklab qo‘ydi. Ikkinchi taym boshida esa Braim Dias “Real”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Yakuniy hisob 2:1. 

Niderlandiyada kechgan bahsda esa darvozalarga 8 ta to‘p kiritildi. “Arsenal” gollariga Timber, Nvaneri, Merino, Trossard, Kalafori va Edegor (dubl) mualliflik qildi. “PSV” kiritgan yagona to‘p esa Noa Lang nomiga yozildi. 

YCHL

4-mart, seshanba

1/8 final bosqichi

“Real” — “Atletiko” 2:1

Gollar: 1:0 — 4, Rodrigo, 1:1 — 32 Alvares, 2:1 — Dias, 52.  

“Real”: Kurtua, Valeverde (Vaskez, 82), Ryudiger, Mendi, Dias (Endrik, 89), Chuameni, Kamavinga (Modrich, 62), Rodrigo, Mbappe, Vinisius. 

“Atletiko”: Oblak, Lyorente, Ximenes, Langle, Galan, Simeyone (Molina, 64), Barrios (Korrea, 75), De Paul (Sorlot, 75), Dias Lino (Gallaxer, 64), Alvares, Grizmann (Le Norman, 71). 

“PSV” — “Arsenal” 1:7

Gollar: 0:1 — 18, Timber, 0:2 — 21, Nvaneri, 0:3 — 31, Merino, 1:3 — 43, Noa Lang, 1:4 — 47, Edegor, 1:5 —  48, Trossard, 1:6 — 73, Edegor, 1:7 — 85, Kalafori. 

“PSV”: Benites, Ledezma (Karsdorp, 65), Flamingo (Nagola, 46), Boskali (Obispo, 82), Malasiya, Saybari (Verman, 82), Shuten, Til, Perishich, De Yong (Bakayoko, 65), Lang.

“Arsenal”: Raya, Lyuis-Skelli (Kalafori, 35), Gabriel, Saliba, Timber (Uayt, 77), Edegor, Parti (Zinchenko, 71), Rays, Trossard, Merino (Tirni, 77), Nvaneri (Sterling, 71).

Shuningdek, “Bryugge” — “Aston Villa” va “Borussiya D” — “Lill” uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tdi. Belgiyada kechgan bellashuvda ingliz klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Germaniyadagi o‘yinda durang qayd etildi — 1:1.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 13-mart kuni o‘tkaziladi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar