Daryo

Parijda Fransiya, Britaniya va Ukraina rahbarlari qisqa muzokaralar o‘tkazdi

Uchrashuvda Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish imkoniyati muhokama qilingan

1 daqiqa o‘qish5 610 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Parijdagi Yelisey saroyida muzokara olib bordi. Bu haqda Sky News ma’lum qilmoqda.

Foto: Reuters

Uchrashuv “istak bildirganlar koalitsiyasi” yig‘ilishi boshlanishidan oldin o‘tkazilgan. Muzokaralar tafsilotlari oshkor qilinmayapti.

Uchrashuvda 31 mamlakat delegatsiyalari va rahbarlari ishtirok etadi. Majlisni Makron va Starmer boshqaradi.

Ilgari Starmer Buyuk Britaniya va Fransiya Ukraina bilan hamkorlikda AQSHga tinchlik rejasini taqdim etish ustida ishlashini ma’lum qilgandi.

Makron va Zelenskiy ikki tomonlama uchrashuvda Ukrainada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish imkoniyatini muhokama qilishgan.

Xabar qilinishicha, Fransiya va Britaniya rahbarligidagi “qat’iyatli davlatlar koalitsiyasi” bir necha haftadan buyon kelajakda “o‘t ochishni to‘xtatish”ni ta’minlash uchun Ukrainaga minglab harbiylarni yuborish rejasi ustida ishlamoqda.

Reuters agentligining Yevropa diplomatik doiralaridagi manbalari ma’lum qilishicha, logistika muammolari, qo‘shinlar yetishmasligi, Rossiyaning qarshiligi va AQSH tomonidan xavfsizlik kafolatlarining yo‘qligi sababli Yevropada bu rejaning amalga oshirilishi mumkinligiga shubhalar kuchaymoqda.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar