Daryo

Rubio CNN telekanalini Trampga qarshi mish-mishlarni tarqatuvchi tabloid deb atadi

Qo‘shimcha qilib, u telekanal jamoasini “nochor odamlar” deb atagan

1 daqiqa o‘qish4 345 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio CNN telekanalini prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff go‘yo davlat kotibi vakolatlarining bir qismini o‘ziga olayotgani haqidagi reportajga javoban “ishonchsiz” manbalar asosida ishlaydigan “tabloid” deb atadi.

 

CNN o‘z manbalariga tayanib, Rubio “davlat kotibi vazifasini bajarib, butun dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan” prezident Donald Trampning “eng yaqin do‘stlaridan biri” Uitkoffdan ustun kelishi mumkinligini xabar qilgan.

Ta’kidlanishicha, Rubio “ma’lum ma’noda ikkinchi o‘ringa tushib qolgan”, Uitkoffning vakolatlari esa Yaqin Sharqdagi maxsus elchi rasmiy unvonidan tashqariga chiqqan. Nomi oshkor etilmagan senator telekanalga aytishicha, Rubio vaziyatdan “xafa bo‘lgan” bo‘lishi mumkin

"CNN Trampga qarshi mish-mishlarni tarqatuvchi tabloid bo‘lib, u maqolalarini yozishda ishonchsiz manbalardan foydalanadi, e’tiborni tortish va muammolar keltirib chiqarish uchun ishlaydi. Uitkoff - jamoamizdagi menga eng yaqin insonlardan biri”, deya yozgan Rubio X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shuningdek, u CNN jamoasini “nochor odamlar” deb atagan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar