Daryo

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti O‘zbekiston yetakchisiga bayram munosabati bilan eng samimiy tabriklarini yo‘llagan

1 daqiqa o‘qish4 296 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Rossiya prezidenti Vladimir Putindan Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik keldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unda Rossiya prezidenti O‘zbekiston yetakchisiga Navro‘z munosabati bilan eng samimiy tabriklarini yo‘llagan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Bahor ayyomi Navro‘z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.

Rossiya—O‘zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do‘st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida faol rivojlantiramiz, deb ishonaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, chin qalbimdan mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning barcha fuqarolariga esa baxt-saodat va farovonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Vladimir Putin,

Rossiya Federatsiyasi prezidenti

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar