Daryo

Tramp: “Biz insoniyat manfaatlari yo‘lida ishni oxiriga yetkazamiz”

AQSH prezidenti Putin bilan suhbat davomida tinchlik shartnomasining ko‘p qismlari muhokama qilinganini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish4 200 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti bilan “tinchlik shartnomasining ko‘p qismlarini” muhokama qilgani va mojaroni “to‘liq kuch bilan” hal etish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Bu haqda u muloqotdan so‘ng o‘zining  Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida munosabat bildirdi. 

Skrinshot: Truth Social

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbat “juda yaxshi va samarali” bo‘lganini bildirgan.

Ta’kidlanichisha, suhbat davomida tinchlik shartnomasining ko‘p qismlari muhokama qilingan, shuningdek, Ukraina mojarosi paytida energetika va neft infratuzilmasiga hujumlarni to‘xtatishga kelishib olingan.

“Biz to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga erishish va oxir-oqibat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu dahshatli urushga chek qo‘yish uchun tez ishlashimiz kerakligini tushungan holda, energetika va infratuzilma sohasida darhol o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldik”, deydi Amerika rahbari.

Tramp, shuningdek, o‘sha paytda AQSH prezidenti bo‘lganida urush hech qachon boshlanmasligi haqidagi bayonotini yana bir bor takrorlagan.

“Tinchlik kelishuvining ko‘p qismlari, jumladan, minglab askarlar halok bo‘layotgani muhokama qilindi va ham prezident Putin, ham prezident (Ukraina Vladimir) Zelenskiy bunga chek qo‘yilishini istaydi. Bu jarayon hozir to‘liq kuch va samaradorlik bilan oldinga siljimoqda”,  dedi Tramp.

Trampning Putin bilan telefon orqali suhbatidan so‘ng Oq uy ikki rahbar energetika va infratuzilma sohasida o‘t ochishni to‘xtatish, shuningdek, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha keyingi qadamlar yuzasidan zudlik bilan muzokaralarni boshlashga kelishib olganini ma’lum qildi. Muzokaralar Yaqin Sharqda o‘tkaziladi.

Kreml, o‘z navbatida, Putin Ukraina energetika infratuzilmasiga 30 kun davomida hujumlarni to‘xtatishga rozi bo‘lganini va allaqachon Rossiya armiyasiga tegishli buyruq berganini ma’lum qildi. Shuningdek, u G‘arbning Ukrainaga harbiy yordamini butunlay to‘xtatishni talab qildi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar