Daryo

Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyatiga prokuror etib tayinlandi

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati prokurori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan

1 daqiqa o‘qish10 920 ko‘rishlar0 izoh0

Adliya katta maslahatchisi Abduqahhor Mullajonov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura

Tayinlovga qadar u 2023-yil sentyabridan buyon Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Abduqahhor Mullajonov prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasida boshlagan. 2004-yildan boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi bo‘limi katta tergovchisi, Sergeli tuman prokurori, Bektemir tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yil iyulidan Bosh prokuratura voyaga yetmaganlar bo‘yicha qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida, 2021-yil aprelidan Sirdaryo viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2023-yil avgust oyidan Toshkent viloyatiga prokurorlik qilgan Sirojiddin Eshquvvatov 2024-yil sentyabrida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi rahbari lavozimiga o‘tkazilgach, Toshkent viloyati prokurori vazifalarini amalda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Abduqahhor Mullajonov bajarib kelgan. 

2025-yil 5-mart kuni Navoiy viloyati prokurori vazifasida ishlagan Azamat Mirzayev Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar