Daryo

Oq uy Tramp Putin bilan suhbatlashmaganini bildirdi

Ma’lum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Amerika rahbari Donald Tramp emas, balki uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiv Uitkoff suhbatlashgan

1 daqiqa o‘qish7 722 ko‘rishlar0 izoh0

Oq uy ma’muriyatining ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Amerika rahbari Donald Tramp emas, balki uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiv Uitkoff suhbatlashgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Skrinshot: Truth Social

“AQSHning maxsus vakili Uitkoff kecha Putin bilan gaplashdi. Tramp Putin bilan suhbatlashmagan”, deya aniqlik kiritdi AQSH prezidenti ma’muriyati u e’lon qilgan bayonotdan so‘ng.

Bundan oldin Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Vladimir Putin bilan kecha “juda yaxshi va samarali muzokaralar” o‘tkazilgani haqida yozgandi.

Trampning aytishicha, muzokaralar davomida u rossiyalik hamkasbidan qurshovda qolgan Ukraina qo‘shinlariga rahm qilishni so‘ragan. Shuningdek, u Ukrainadagi mojaroni yakunlash imkoniyati yuqori ekanligini ta’kidlagan.

Vaziyatdan xabardor bo‘lgan va nomi oshkor qilinishini istamagan manbaning aytishicha, payshanba kuni kechqurun Vitkoff Moskvada Putin bilan uzoq davom etgan uchrashuv o‘tkazgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar