Daryo

Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi

Reydlar huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda

2 daqiqa o‘qish4 494 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotgan qoidabuzarlarga qarshi ommaviy reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, ushbu reydlar huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Hokimlik shaharliklar murojaatlarini diqqat bilan tinglab, poytaxtda tozalikni saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rmoqda. Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarga nisbatan amaldagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq jazo choralari qo‘llanadi.

Shaharda tozalik va tartib har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Biz aholini qoidalarga rioya qilishga, atrof-muhitni hurmat qilishga va ona shahrining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz. Toshkent — barchamizning umumiy uyimiz. Uni birgalikda tozaroq qilaylik, deyiladi hokimlik xabarida.

Chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-1-moddasiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish

  • fuqarolarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha (375 ming so‘mdan 1 million 125 ming so‘mgacha),
  • mansabdorlarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 million 750 ming so‘mdan 7 million 500 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:

  • fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 million 875 ming so‘mdan 3 million 750 ming so‘mgacha )
  • mansabdorlarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (7 million 500 ming so‘mdan 11 million 250 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.

Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash

  • fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha,
  • mansabdorlarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzarlik 1 yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (375 ming so‘mdan 5 million 620 ming so‘mgacha), mansabdorlarga esa 30 baravaridan 50 baravarigacha (11 million 250 ming so‘mdan 18 million 750 ming so‘mgacha) miqdorda jarima tayinlanadi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar