Daryo

“Liverpul” yozda 4 yetakchisini yo‘qotishi mumkin 

Klub Chempionlar Ligasini tark etgach, futbolchilar tushkunlikka tushib qolgan

1 daqiqa o‘qish4 651 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Liverpul” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida uch nafar asosiy yetakchisi – Muhammad Saloh, Virjil van Deyk, Luis Dias va Trent Aleksander-Arnold bilan xayrlashishi mumkin.

Foto: Sky Sports

Ushbu futbolchilar orasidan faqatgina Diasning shartnomasi 2027-yilgacha amal qiladi, qolgan 3 nafar futbolchining klub bilan tuzilgan kelishuvi yozda yakunlanadi.

Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, “Liverpul” Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichida turnirdan chiqib ketishidan so‘ng futbolchilar tushkunlikka tushib qolgan. Shu sababli Saloh, van Deyk va Aleksander-Arnold “mersisaydliklar” bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokara o‘tkazmayapti va erkin agent sifatida klubni tark etishi kutilmoqda.

Saloh va van Deykga Saudiya Arabistonidan jiddiy takliflar bor. Misrlik futbolchi bir qarorga kelgani yo‘q. Biroq niderlandiyalik himoyachi hali Yevropada qolishni istamoqda va “Bavariya” hamda “PSJ” bilan shartnoma borasida muzokara olib bormoqda. Trent Aleksander-Arnold katta ehtimol bilan Madridning “Real” klubiga yo‘l oladi. Luis Dias Ispaniyaning boshqa bir grandi “Barselona” safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar kolumbiyalik hujumchi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor.

Foto: Kollaj

“Liverpul” joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 29 ta uchrashuvdan keyin 70 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Ularning ta’qibchisi “Arsenal”da 58 ochko mavjud.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar