Daryo

Abbosbek Fayzullayev: “Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi – ajoyib” 

“SSKA” futbolchisi “shaharliklar”ning yangi a’zosi haqida fikr bildirdi

1 daqiqa o‘qish23 405 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.  

Foto: VKontakte
Albatta, men Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi debyutini ko‘rdim. O‘yindan keyin bir-birimiz bilan yozishdik. Uning har bir o‘yinini tomosha qilishga harakat qilaman. Husanovning “Manchester Siti”ga o‘tishi – ajoyib,  dedi Fayzullaev TASS nashri bilan suhbatda.

Husanov “Manchester Siti” tarkibida hozirgacha 7 o‘yinda qatnashib, 1 gol urgan. Futbolchi yaqinda klub safida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi. 

Abbosbek Fayzullayev joriy mavsum “SSKA” tarkibida 18 uchrashuvda ishtirok etib, 2 gol va 3 assist muallifiga aylandi. Uning Moskva klubi bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. 

Ma’lumot uchun, Fayzullayev va Husanov O‘zbekistonning turli xil yosh toifasidagi terma jamoalarida to‘p tepgan. Ular 2023-yil Toshkentda o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida g‘alaba qozongan. 2024-yil O‘zbekiston U-23 jamoasi tarkibida tarixda ilk bor Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqishgan. Hozirda har ikki futbolchi ham O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar