Daryo

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Husanov bu borada o‘tkazilgan so‘rovnomada Erling Holand va Yoshko Gvardiol bilan kurashdi

1 daqiqa o‘qish15 026 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Foto: X

Klub matbuot xizmati fevral oyi yakunlariga ko‘ra, oyning eng yaxshi futbolchisi nomi uchun so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Abduqodir Husanov so‘rovnomada Erling Holand va Yoshko Gvardiol bilan kurashdi.

Ovoz berish yakunlariga binoan, Abduqodir Husanov jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Maʼlumot uchun, Husanov “Siti” safida fevral oyida APL doirasida 4ta, YECHLda bitta, Angliya kubogi doirasida esa bitta o‘yin o‘tkazib, 1ta golga mualliflik qildi.

Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ham “Roma” safida ham fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar