Daryo

YCHL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ma’lum

Ro‘yxatdan 4 nafar futbolchi o‘rin oldi

1 daqiqa o‘qish7 372 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi dastlabki uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. UEFA matbuot xizmati bellashuvlardan keyin haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: UCL

Ro‘yxatdan “Real” hujumchisi Rodrigo, “Arsenal” yetakchisi Martin Edegor, “Liverpul” darvozaboni Alisson va “Bavariya” forvardi Harri Keyn joy oldi.

Rodrigo “Atletiko”ga qarshi bahsda “qirollik klubi”ning birinchi golini o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Edegor “PSV“ga qarshi uchrashuvda 2 ta gol kiritdi hamda bir marta sherigining goliga hammualliflik qildi. Alisson esa “PSJ”ga qarshi o‘yinda 10 ta seyv amalga oshirib, “Liverpul”ning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Keyn “Bavariya — “Bayer” uchrashuvida dubl muallifiga aylanib, myunxenliklarning g‘alabasini ta’minladi. 

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 12 va13-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.  

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar