Daryo

Isroil generali 2025-yilni G‘azo va Eron bilan urush yili deb e’lon qildi

U so‘nggi yillarda Isroil armiyasi nisbiy g‘alaba yoki tiyib turishgagina e’tibor qaratganini aytdi

1 daqiqa o‘qish11 682 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil mudofaa armiyasining bosh shtabi yangi rahbari Eyal Zamir 2025-yil G‘azo sektori va Eronga qaratilgan urush yili bo‘lishini aytdi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri xabar berdi.

Foto: AFP

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zamir tegishli bayonotni oliy harbiy qo‘mondonlikka murojaatida aytgan. U Isroil armiyasi boshqa yo‘nalishlarga ham e’tibor qaratishini ta’kidlagan. Zamir “g‘alaba” tushunchasiga muhim qadriyat sifatida urg‘u bergan. Uning aytishicha, so‘nggi yillarda Isroil armiyasi nisbiy g‘alaba yoki tiyib turishgagina e’tibor qaratgan.

Zamir 5-mart kuni rasman Isroil mudofaa armiyasi bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga kirishdi. Marosimda Zamirga Isroil armiyasidagi eng yuqori general-leytenant unvoni tantanali ravishda topshirildi. Bosh shtabning yangi rahbari ishonch uchun minnatdorlik bildirdi va Isroilni harbiy muvaffaqiyatlarga olib borishga va’da berdi.

G‘azo sektorida garovga olinganlarning oilalariga murojaat qilar ekan, Zamir ularni qutqarish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga ishontirdi. Bundan tashqari, u yangi tank diviziyasini tuzishga va yangi piyodalar diviziyasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga qaror qildi. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar