Daryo

Isroil 7-oktyabr hujumlarida qatnashgan HAMAS a’zolarini dorga osmoqchi

2023-yilgi hujumlarni amalga oshirganlar uchun harbiy tribunal tashkil etilmoqda. Jami 300 ga yaqin jangchining ishlari koʻrib chiqiladi.

1 daqiqa o‘qish4 621 ko‘rishlar0 izoh0

Isroilda 2023-yil 7-oktyabrdagi hujumlarda ishtirok etganlarni sud qilish uchun harbiy tribunal tashkil etiladi. Knesset (parlament) tegishli qonunni qabul qildi.

Mazkur hujjat parlament a’zolari tomonidan bir ovozdan (93 ta ovoz) ma’qullandi. Harbiy tribunal 15 nafar sudyadan iborat boʻladi. Sud jarayoni videoga olinadi va translyatsiya qilinadi. Tribunal HAMAS hujumida ishtirok etgan 300 ga yaqin jangchining ishlarini ko‘rib chiqadi.

Ularga 1950-yildagi genotsidning oldini olish to‘g‘risidagi qonun va 2016-yildagi terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun bo‘yicha ayblovlar qo‘yilishi kutilmoqda. Genotsidda aybdor deb topilganlar o‘lim jazosiga (dorga osish) hukm qilinishi mumkin.

Mart oyida Knesset agar hujum “Isroil davlatining mavjudligini inkor etish” maqsadida sodir etilsa, terrorchilar uchun o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat beruvchi qonunni qabul qilgandi. Qonun tanqidchilariga koʻra, bu amalda o‘lim jazosi faqat falastinliklarga nisbatan qo‘llanishini anglatadi.

Rasman o‘lim jazosi Isroil tarixida faqat ikki marta qo‘llangan: 1948-yilda kapitan Meir Tuvianskiyga nisbatan (keyinchalik oqlangan) va 1962-yilda natsist Adolf Eyxmanga nisbatan.

Ma’lumot oʻrnida, 2023-yil 7-oktyabr kuni HAMAS va boshqa falastinlik guruhlarning 5-6 mingga yaqin jangchisi G‘azo orqali Isroilga hujum qilgan edi. Ushbu hodisa oqibatida taxminan 1200 kishi halok bo‘lgan, isroilliklar va xorijliklardan iborat 251 kishi garovga olingan. Isroilning javob hujumlari oqibatida esa 75 mingdan ortiq odam halok boʻldi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar