Daryo

Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” o‘z maydonida “Al-Hilol”ni mag‘lub etdi

Javob uchrashuvi 11-mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi

1 daqiqa o‘qish18 370 ko‘rishlar0 izoh1

Futbol bo‘yicha Elit Chempionlar Ligasining nimchorak final o‘yinlari 4-mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Getty Images

Uchrashuvni maydon egalari faol boshladi. Bu esa 29-daqiqaga kelib o‘z natijasini berdi. Riaskosning uzatgan to‘pini Flamarion darvozaga yo‘lladi va hisob ochildi. 

Shundan so‘ng har ikki jamoada ham qator vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq ulardan ikki jamoa aʼzolari ham foydalana bilmadi.

Taʼkidlash lozim, to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik saudiyaliklarda bo‘ldi, ammo golli vaziyatlar yaratish, darvoza tomon yo‘llangan zarbalarda “sherlar” ustun kelgan.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 11-mart kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Elit Chempionlar Ligasi

1/8 final

4-mart, seshanba

“Paxtakor” - “Al-Hilol” 1:0

Gollar: 1:0 – 29, Flamarion

“Paxtakor”: 19.Jonatan Luiz, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullayev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (45.Rezan Bashar, 80), 17.Dostonbek Hamdamov (30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 80), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 47.Jonatan Lukka, 50.Flamarion, 94.Brayan Riaskos (37.Igor Sergeyev, 55).

Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 12.Vladimir Nazarov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 9.Ibrohim Ibragimov, 15.Diyor Ortiqboyev, 44.Mahmudjon Mahamadjonov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov, 99.Ulug‘bek Hoshimov. 

“Al-Hilol”: 37.Yassin Bunu, 3.Kalidu Kulibali, 4.Halfan Ad-Dovsari, 5.Ali Al Bulayhi (28.Muhammad Kanno’, 39), 8.Ruben Nevesh, 11.Markos Almeyda, 16.Nosir Ad-Dovsari, 22.Sergey Milinkovich-Savich (99.Abdulloh Al Hamiddan, 76), 27.Kayo (24.Moteb Al Harbi, 61), 29.Salim Ad-Dovsari, 77.Malkom.

Ogohlantirishlar: Shahzod Azmiddinov (34), Abdulla Abdullayev (78), Kalidu Kulibali (83)

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar