Daryo

Ronaldu yoki Messi — kim kuchli? Marselo javob berdi

“Ko‘pchilik ularni solishtirishni istaydi, lekin ularning o‘yinidan bahramand bo‘lishni unutib qo‘yishardi”, — deydi sobiq himoyachi

1 daqiqa o‘qish84 968 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Marselo Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi solishtirishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Sportskeeda
“Biz Krishtianu va Messi bilan bir davrda o‘ynaganimiz uchun juda omadlimiz. Ronaldu o‘zini dunyodagi eng yaxshisi deb hisoblaydi. Shunday vaqtlar bo‘ldiki, Messi ikkita gol ursa, Ronaldu uchta urishi kerak, keyin esa Leo to‘rtta gol urish uchun harakat qilishni boshlar edi. Biz bundan ulkan zavq olar edik. Ko‘pchilik ularni solishtirishni istaydi, lekin ularning o‘yinidan bahramand bo‘lishni unutib qo‘yishardi. Qaysi futbolchi yaxshiroq? Menimcha, dunyoda eng yaxshi futbolching o‘zi yo‘q”, — degan u.

Marselo 2007-yildan 2022-yilga qadar “Real” safida to‘p tepgan.

“Qirollik klubi” tarkibida braziliyalik futbolchi besh marta UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar