Daryo

FourFourTwo hozirgi paytagi dunyoning eng yaxshi hujumchilarini aniqladi 

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn birinchi o‘rinni egalladi

1 daqiqa o‘qish14 506 ko‘rishlar0 izoh0

Britaniyaning mashhur FourFourTwo nashri hozirgi vaqtdagi dunyoning eng yaxshi hujumchilari reytingini e’lon qildi. 

Foto: Sportbible

“Bavariya” hujumchisi Harri Keyn birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onaga “Nyukasl” forvardi Aleksander Isak, uchinchi o‘ringa esa “Barselona” futbolchisi Robert Levandovski joylashdi.

FourFourTwo reytingi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 10 hujumchisi:

1. Harri Keyn (“Bavariya”);
2. Aleksander Isak (“Nyukasl”);
3. Robert Levandovski (“Barselona”);
4. Erling Holand (“Manchester Siti”);
5. Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
6. Viktor Dyokeresh (“Sporting”);
7. Lautaro Martines (“Inter”);
8. Viktor Osimhen (“Galatasaroy”);
9. Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”);
10. Olli Uotkins (“Aston Villa”).

Nashr ushbu reytingni tuzishda futbolchilarning so’nggi mavsumlardagi statistikasi, jamoaga qo’shgan hissasi, individual yutuqlari va umumiy o’yin natijalarini hisobga olgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar